• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Koronavirus: pandemiya bo‘yicha 14-aprelning asosiy xabarlari

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus oqibatida vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha 120 mingdan oshib ketdi. Infeksiya bilan kasallanganlar soni 2 million kishiga yaqinlashib qoldi. Koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 14-aprelning asosiy xabarlari.

    Jahondagi vaziyat

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra:
    • Dunyo bo‘yicha infeksiya bilan kasallanganlar — 1 935 646 kishi;
    • Kasallikdan tuzalganlar — 464 398 kishi;
    • Infeksiya oqibatida vafot etganlar — 120 914 kishi.
    AQSh koronavirus qurbonlari va kasallanganlari soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylangan: shu kunga qadar mamlakatda virus oqibatida 23 654 ta o‘lim holati qayd qilingan, 582 634 kishi kasallangan. Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 18 328 kishiga, vafot etganlar soni esa 170 nafarga yetdi. Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1179 kishiga, qurbonlar esa 14 kishiga yetdi. Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 430 kishiga yetdi. Ta’kidlanishicha, kasallarning 11 nafari og‘ir ahvolda.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    O‘zbekistonda 14-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 1113 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 13-aprel kuni 133 taga ko‘paydi. Bu yangi rekord. Bundan avval faqat bir marta — 6-aprelda 115 kishida koronavirus qayd etilgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu kungacha 99 kishi koronavirusdan sog‘aygani ma’lum qilindi. Infeksiya oqibatida to‘rt kishi vafot etgan.

    Chet eldagi kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.

    Jahonda nima gap?

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning rasmiy vakili Margarit Xarris Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat ba’zi mamlakatlarda yaxshilana boshlagani, biroq pandemiya dunyoda o‘z cho‘qqisiga chiqmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qayd etilayotgan holatlarning 90 foizi Yevropa mamlakatlari va AQShga to‘g‘ri keladi.

    Mavzuga doir: 2018-yilda suratga olingan koreys serialida koronavirus tarqalishi prognoz qilingani aniqlandi — video

    Avvalroq JSST rahbari koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar bergandi. Avstriya, Italiya va Ispaniya karantin cheklovlarini yengillashtirishni boshladi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Turkiya parlamenti koronavirus pandemiyasi tufayli 90 mingga yaqin mahbusni vaqtincha ozod qilishga qaror qildi. Qarorga ko‘ra, mahkumlar 31-maygacha ozod etiladi, so‘ng jazo muddatini o‘tashni davom ettiradi. Bu vaqtga qadar pandemiya chekinmasa, ozodlikda yurish muddati uzaytirilishi mumkin. Og‘ir jinoyatlar, terrorchilik harakatlari, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikda aybdor deb topilgan shaxslar vaqtincha ozod qilinishga da’vogarlik qila olmaydi. Avvalroq koronavirus tufayli AQShda minglab mahbuslar ozod qilinishi, Braziliyadagi qamoqxonadan 400 ga yaqin mahbus qochib ketgani xabar berilgandi.

    Avstriyada 14-apreldan boshlab koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan cheklovlarni asta-sekin bekor qilish boshlanadi. Bir oylik karantindan so‘ng maydoni 400 metr kvadratgacha bo‘lgan, shuningdek, barcha qurilish va bog‘dorchilikka oid do‘konlar qayta ish boshlaydi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar cheklovlarni olib tashlashdan oldin bir qator choralarga amal qilinganiga ishonch hosil qilishi kerak. Xususan, hukumat virusning odamdan odamga yuqishini, kasallanish bo‘yicha vaziyatni nazorat qila olishi lozim. Sog‘liqni saqlash tizimi har bir COVID-19 holatini aniqlash, tekshirish, izolyatsiya qilish va davolash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Tojikistonning Boxtar shahrida xorijdan kelgan tojikistonliklar karantinda saqlanayotgan mahalliy klinik shifoxonalardan birining xodimasi vafot etdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni Tojikiston hududida koronavirus infeksiyasi tarqalgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirmoqda.

    AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida kelajakda koronavirus pandemiyasining aybdorlari topilishi kerakligini aytib, Xitoy ushbu kasallik haqida vaqtida xabar bermaganini ta’kidladi. “Xitoyning Uxan shahrida boshlangan bu virus, bu epidemiya haqida vaqtliroq xabar topmaganimizdan afsusdamiz. Xitoy hukumati, Xitoy Kommunistik partiyasi bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmadi”, — degan Maykl Pompeo.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan bir sutka ichida 398 kishida koronavirus aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4521 kishini tashkil etmoqda

    O‘zbekistonda nima gap?

    Shavkat Mirziyoyev 14-aprel, seshanba kuni, global inqiroz va pandemiya sharoitida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarga yana bir bor alohida to‘xtalib o‘tdi.
    Ayniqsa, hokimlar va sektor rahbarlari aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash, narx-navoning oshib ketmasligiga erishish va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligi uchun shaxsan javob beradi. Ayni paytda kam ta’minlangan, ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalarga muruvvat va saxovat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, bu kabi ezgu tashabbuslarni ko‘paytirish joylardagi barcha mutasaddi rahbarlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lmog‘i lozim.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov Respublikadagi aeroportlar ish faoliyati va aviaparvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralarining uzaytirilishi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilinishini ma’lum qildi.

    O‘zbekistonda koronavirus sababli pensiya pullari may oyidan boshlab plastik kartalarda to‘lanadi, valyuta almashtiradigan bankomatlar ko‘paytiriladi. Pensionerlar tomonidan bank kartalarini ochish va unga ega bo‘lish uchun Xalq banki bo‘limlariga borish talab etilmaydi.

    O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 59 921 ta holat aniqlandi. Qayd etilishicha, eng ko‘p — 10 100 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 8 588 tani tashkil etmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xorazmda harbiy qismdagi karantindagilar orasida koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritildi. “23—24-mart kunlari ushbu harbiy qismdagi karantin punktida 492 nafar fuqarodan COVID-19 koronovirus kasalligini aniqlash maqsadida tekshirish uchun namunalar olindi. 25—27-mart kunlari virusologik tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 7 nafar musbat natija qayd qilindi”, — deydi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

    Toshkentdagi 17-shahar klinik shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi. Ushbu xabarni bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifing vaqtida tasdiqlagan.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Marg‘ilon shahridagi dehqon bozori hududida IIB post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimi kaltaklandi. Ma’lum bo‘lishicha, 12-aprel kuni soat 15:30 da viloyat IIB PPX va JTSB xodimi bozor hududidagi avtoturargohga kirish qismida yuziga niqob taqmay non sotayotgan 18 yoshli D.Q.dan niqob taqib olishni talab qilgan. Bunga javoban, Bosh prokuratura axborotida ta’kidlanishicha, fuqaro IIB xodimining yuz va oyoq sohalariga urib, tan jarohati yetkazgan. Jarayonning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

    O‘zbekistonda karantin davrida Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari murojaatlarni ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda.

    Foto: Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi

    Foto: Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi

    Bugun butun dunyo COVID-19 kasalligi bilan kurashish uchun harakat qilmoqda. Pandemiya Markaziy Osiyo xalqlari uchun qanchalik tanish? Tarix avval bunday vaziyatga duch kelganmi? “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov XIX—XX asrlarda Turkistonda yuz bergan epidemiyalar, xususan, vabo tarixi haqida ma’lumot beradi.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    14.04.2020, 21:09   Izoh (0)   125312
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 15-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

    14.04.2020, 20:53

    “Karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur o‘ylab, albatta, ko‘rib chiqamiz” — Shavkat Mirziyoyev

    14.04.2020, 20:40

    Shavkat Mirziyoyev: “Hokimlar va sektor rahbarlari kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlariga shaxsan javob beradi”

    14.04.2020, 20:16

    Transport vazirligi O‘zbekistonda aviaqatnovlar qachondan boshlab qayta tiklanishiga oydinlik kiritdi

    14.04.2020, 20:08

    O‘zbekistonda koronavirus sababli pensiya pullari may oyidan boshlab plastik kartalarda to‘lanadi, valyuta almashtiradigan bankomatlar ko‘paytiriladi

    14.04.2020, 19:36

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, DXX, IIV tergov organlarida yangi lavozim joriy etilishi kutilmoqda

    14.04.2020, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10

    Navbatdagi “derbi” va ko‘p yillik tanaffusdan keyingi g‘alaba: “Navbahor” va “Neftchi” o‘yinidan fotogalereya

    Futbol | 17 avgust, 17:05

    Uchta “respublikachi shtat” poytaxt Vashingtonga qo‘shin yuboradi

    Dunyo | 17 avgust, 16:55

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.