O‘zbekistonda 2020-yilda internet tezligi 10 barobar oshdi. Bu haqda AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov 20-fevral, payshanba kuni, Xalqaro press-klubning ijtimoiy sohaga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.

Foto: ATK matbuot xizmati

Bu xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga (1200 dan 3 000 Gbit/s) kengaytirish hisobiga amalga oshiriladi.

Shuningdek, uning aytishicha, vazirlik o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida o‘zi uchun to‘rtta asosiy yo‘nalishlarni belgiladi.

Bundan tashqari, Oliy ta’lim vazirligi va Xalq ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Bir million dasturchilar” loyihasi amalga oshirilishi, IT-parklarni rivojlanishtirish davom ettirilishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yaqin vaqt ichida IT-parklar filiallari Guliston, Namangan va Urganch shaharlarida barpo etiladi.

Avvalroq O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida to‘rt pog‘ona yuqorilagani xabar berilgan edi.