Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yanvar oyida O‘zbekistonga 2659 nafar xitoylik sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2019-yilning yanvariga nisbatan 15,9 foizga ko‘p, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Umuman olganda, 2020-yilning yanvarida O‘zbekistonga 538 360 nafar chet ellik kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 23,1 foizga ko‘p. Ularning aksariyat qismi — 514 774 nafari, har doimgidek, MDH mamlakatlaridan. Uzoq xorijdan 23 586 kishi kelgan.

Birinchi o‘rinda — Qozog‘iston, u yerdan 164 100 kishi kelgan. Ikkinchi o‘rindan Tojikiston (137 298 kishi), uchinchi o‘rindan esa Qirg‘iziston (121 856 kishi) o‘rin olgan.

Turkmaniston (118,4 foizga), Bangladesh (200 foizga), Braziliya (266,7 foizga), Irlandiya (383,3 foizga), Shri-Lanka (600 foizga), Mo‘g‘uliston (1333,3 foizga) va Vyetnamdan (1425 foizga) keluvchilar soni keskin oshgan.

Avvalroq koronavirus sabab O‘zbekiston xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi mumkinligi, boisi xitoyliklarga xorijiy tur-paketlar sotib olish va chet elda mehmonxonalarni bron qilish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Ayni vaqtda Toshkentdagi mehmonxonalarning egalari koronavirusdan O‘zbekistonning turizm sohasi foyda ko‘rishi, Xitoyga safar qilish niyatida bo‘lganlar endi boshqa mamlakatlarga, xususan, O‘zbekistonga kelishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi