So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Mendan hech narsa kutmang, meni saylamagansiz”. Deputat Alisher Qodirov Oltinsoydagi “bebosh fuqarolarni keskin jazolash”ni talab qildi

    16.02.2020, 21:13 92785

    Davomi: Deputat Alisher Qodirov “meni saylamagansiz” degan kommentini o‘chirib tashladi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari — parlamentdagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Xalqobod” mahallasida 14-fevral, juma kuni, aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida yuz bergan ziddiyatli holatga munosabat bildirdi. Deputatning fikri, keyinchalik uning Facebook’da foydalanuvchilar bilan munozaraga kirishishi muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Surxondaryoda uyi buzilishidan norozi aholi va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)
    • Oltinsoydagi aholi va hokimiyat vakillari to‘qnashuvi yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi
    • “Hokimiyatning kuchi yana o‘sha himoyasiz, aldangan fuqarolarga yetayapti, xolos”
    Deputat Oltinsoyda yuz bergan voqeaga munosabat bildirarkan, hodisani “bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari” deb ta’riflagan, jinoyat deb atagan. Shuningdek, u “aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak”ligini ta’kidlagan.

    Alisher Qodirov.

    Alisher Qodirov.
    Foto: Madina Nurman/“Daryo”
    Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid bo‘lgan jinoyat sifatida baholanishi kerak.

    So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari ustuvorligi, huquq va erkinliklarini ta’minlash, turmush sharoitlarini o‘zgartirish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar aslo mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashga to‘sqinlik qilmaydi. Zero, qonun ustuvor bo‘lgan davlatlardagina xalqqa samarali xizmat qilish mumkin.

    Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak.

    Alisher Qodirov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

    Oltinsoydagi voqea yuzasidan shu vaqtgacha asosan rasmiy doira (Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura) vakillarining munosabatlari e’lon qilingani, jamoatchilik vakillari rasmiylarning ushbu bayonotlarini shubha ostiga olayotgan bir vaqtda xalq vakilining “aybdorlarni keskin jazolash” talabi bilan e’lon qilgan posti bir qator foydalanuvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Deputat ushbu e’tirozlarga birma-bir javob berishga uringan.

    “Eng oson yo‘l — bu xalqni aybdor qilish”, deb izoh qoldirgan foydalanuvchiga javoban deputat shunday degan: “Oddiy xalq militsiyani urmaydi. Urgan daqiqadan boshlab, u oddiy xalq bo‘lmaydi! Ayblash prokurorning vakolatidagi masala. Men jamoa tartibini buzganlarga keskinroq chora belgilash tarafdoriman!”.

    Deputatdan yoshlarning umidini so‘ndirmaslikni so‘ragan foydalanuvchiga javob berarkan, Alisher Qodirov, jumladan, shunday fikr bildirgan: “Xalq nomidan to‘rtta beboshning davlatga tosh otishiga ‘to‘xta’ demasak, ertaga nima bo‘ladi. Huquqiy madaniyatni o‘zgartiramiz: noqonuniy qurilish — amnistiya, zo‘ravonlik — ko‘z yum, tovlamachiga o‘z qo‘li bilan pul bergan — davlat hisobidan qaytarib ber, noqonuniy yer o‘zlashtirib ol — hokim aybdor... Biz qachon xalq bo‘lamiz o‘zi?! Qachon davlat bo‘lamiz bu ketishda?!”.

    Yana bir foydalanuvchi: “Sizdan nima kutish mumkin? Xalqni ayblash oson. Haqiqiy deputatlar saylanmaguncha, shu ahvol”, deb fikr qoldirgan. Deputat Qodirovning bunga javobi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan: “Xalqni ayblash hech kimning qo‘lidan kelmaydi. Xalq ayblaydi. Qozi ham, amaldor ham xalq nomidan ish qiladi. Davlat xizmatchisiga kuch ishlatish mumkinmas. Xalq shunday qonunni ma’qullagan. Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang. Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz... saylamasangiz ham mayli. Fikringizdan juda ham ta’sirlanganim yo‘q”.

    Boshqa bir foydalanuvchining: “E, sendek deputat bo‘lgandan ko‘ra daladagi cho‘pon bo‘lgan yaxshi!”, deb yozgan kommentiga Alisher Qodirov shunday javob qaytargan: “Cho‘pon bo‘lishning yaxshiroq ekanligi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan aytib o‘tilgan. Siz deputat bo‘ling, men cho‘ponlikka ketaman”.

    Ma’lumot uchun, Alisher Qodirov 2019-yilgi parlament saylovida Jizzax viloyatidagi 36-Paxtakor saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. U bir urinishda parlament deputatiga aylana olmagan yagona partiya yetakchisiga aylangan edi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Chilonzorda 29 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi

    Kecha, 21:05

    Tavsiya etamiz

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?