Musoxon Oppoqov viloyat hokimi o‘rinbosari — Namangan viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Viloyat hokimligida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Olim Soliyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rahbarlarini tanishtirdi.

Musoxon Oppoqov mazkur tayinlovga qadar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Namangan viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U 1958-yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, iste’fodagi polkovnik. Qariyb 40 yil davomida ichki ishlar idoralarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining xotin-qizlar, xavfsiz mahalla va faxriylar bo‘yicha o‘rinbosarlari ham tayinlandi.