• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bir umr kutib, futbolga qaytgan Babayan, AESni himoya qilgan Ekopartiya va, albatta, Jumanazar aka. 2019-yil memlari

    2019-yil qovunlar, memlar-u xayplar yili bo‘ldi desak, ayni mo‘ljalga urgan bo‘lamiz. Quyida yil sarhisobi tariqasida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda trendda bo‘lgan yil mavzulari va ularga bag‘ishlangan memlarni siz bilan o‘rtoqlashamiz.

    Yodingizda bo‘lsa, 2018-yilda O‘zbekiston futbol terma jamoasi sobiq murabbiyi Samvel Babayanning mamlakatdagi futbol sohasidagi har qanday faoliyatiga nisbatan umrbod cheklov o‘rnatilgan edi. Oradan bir yil o‘tib Babayan “Lokomotiv”ga qaytdi. Quyidagi mem shu haqda:

    Foto: “Uyushmagan yoshlar”

    Foto: “Uyushmagan yoshlar”

    Oktabr oyi boshlarida “o‘zga sayyoraga borib kelgan” Jumanazar aka voqeasi internetda katta munosabatlar to‘lqiniga sabab bo‘ldi. Kulgan kim-u, bularning barchasi bo‘layotgan siyosiy jarayonlardan xalqni chalg‘itish uchun o‘ylab topilgan o‘yin deya jig‘ibiyroni chiqqan kim. “Daryo”da avvalroq bu mavzuning turli talqinlari va unga aloqador memlar e’lon qilingan edi.

    Mavzuga doir:

    Jumanoidlar hujumi. O‘zga sayyoraga borib kelgan Jumanazar aka ijtimoiy tarmoqlarda trend bo‘ldi

    O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab

    MY5 kanaliga berilgan intervyu bilan boshlangan bu voqeaning Jumanazar akaning o‘zga sayyoralik 120 farzandi borligi haqidagi hangomalarga ulanib ketgani haqida eshitmagan odam oramizda bo‘lmasa kerak. Keyinroq ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi Jumanazar akani davolanishga muhtoj deb topdi. Uning videosi tarmoqlarda tarqagan barzangi o‘zga sayyoralik o‘g‘lining taqdiri esa bizga ma’lum emas.

    Foto: Rais buva

    Foto: Rais buva

    Deyarli har yil qish oylarida trendga chiqadigan gaz va elektr toki muammosi bu yil ham, afsuski, biz bilan birga. Ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzuga aloqador shikoyatlar-u murojaatlar, memlar-u latifalar talaygina.

    Foto: “Uyushmagan yoshlar”

    Foto: “Uyushmagan yoshlar”

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    2019-yil mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgani bilan ham esda qoldi. Ro‘yxatga olish ishlari aprel oyi boshlaridan boshlangan edi. Jarayon uch bosqichdan iborat bo‘ldi:

    - 1-apreldan 1-noyabrgacha avtomatik tarzda bepul;

    - 1-noyabrdan 1-dekabrgacha ariza orqali;

    - 1-dekabrdan boshlab ariza orqali pullik.

    Mavzuga doir:

    “Maqsad foyda keltirishmi yoki xalqni sigirdek sog‘ish?”. IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni atrofidagi muammolar haqida

    Foto: Rais buva

    Foto: Rais buva

    2019-yilda eng ko‘p qovun saylovoldi tashviqotlar jarayonida tushirildi desa bo‘ladi. Ekopartiya vakillarining “Butun dunyoda ekologik partiyalar AES qurilishiga qarshi, biz esa buni qo‘llab-quvvatlaymiz” mazmunidagi so‘zlari o‘ziga xos ijtimoiy to‘lqinni vujudga keltirdi. O‘zbekistonda AES qurilishiga nisbatan keskin qarshiliklarga o‘zbek tilida tarjimasi e’lon qilingan va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan “Chernobil” teleseriali ham ma’lum ma’noda sababchi bo‘ldi. Biz ham “Rezonans” loyihasi doirasida ushbu mavzu bo‘yicha fikrlar taqdim etgan edik. Dasturni YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

    Mavzuga doir:

    Rezonans: Ekopartiya nega AES qurilishini yoqlamoqda?

    Quyida – shu haqda karikatura:

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    Xorijga eksport qilinadigan gaz hajmi oshirilishi rejalashtirilayotgani haqida yoz oylarida chiqqan xabar hali qish kelmay turib muhokamalar, noroziliklar va hangomalarga sabab bo‘lib ulgurdi.

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    2019-yil vazirlardan tortib hokimlargacha, partiya rahbarlaridan tortib qo‘mita, uyushma raislarigacha, barchasi uchun xalq ko‘nglidan joy olish yili bo‘ldi. “Horami”, “shessekund”, “ariqmen”ning hokim bo‘lishi, uylarning buzilishi, “jinoyatga moyil ayollar ro‘yxati”, “2,5 million so‘m maosh”, “propiska”… Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Quyidagi mem yuqorida sanalganlarning barchasini bir qilib urgan o‘q desak bo‘larmikan?

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    Buni hali unutmagan bo‘lsangiz kerak – andijonlik shoir Sharofiddin Boltaboyevga “Ravon mingim kelyapti, paxta tergim kelyapti” she’ri uchun viloyat hokimi sovg‘asi – Nexia avtomobili topshirildi. Bu xabar shusiz ham xayplarga to‘lib-toshgan o‘zbek internetini portlatdi.

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    2019-yil O‘zbekiston uchun trollarni qayta kashf etilish yili bo‘ldi. Nurbek Alimov va Dilbar Ismatullayevaning shu masala yuzasidan surishtiruvi ayniqsa Facebook’ni “trollatib yubordi”.

    Mavzuga doir:

    “U chindan ham vatanga xizmat qilyapman deb o‘ylaydi”. “Trollar fabrikasi”ni fosh qilgan qiz bilan suhbat

    “Trolligimiz sezilmasin”. TATUdagi “trollar fabrikasi” ijtimoiy tarmoqlarda hazil-mutoyiba va muhokamalarga sabab bo‘ldi

    Foto: ijtimoiy tarmoqlar

    Foto: ijtimoiy tarmoqlar

    Saylovoldi kampaniyasi paytida “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirovning migratsiya yuzasidan UzReport telekanalidagi chiqishida bildirgan fikrlari ham internetni “yondirish”da yuqoridagi mavzulardan sira qolishmadi. “O‘zini hurmat qilgan odam 50 dollarni iqtisod qilish uchun yonib ketishi aniq bo‘lib turgan avtobusga o‘tirib, 50 daraja sovuqda yo‘lga chiqmaydi”, dedi u.

    Foto: Habikatura

    Foto: Habikatura

    Yaqinda O‘zbekistonda parlamentga saylov bo‘lib o‘tdi. Jarayon shaffofligi ta’minlanishiga qanchalik harakat qilinmasin, baribir ayrim qing‘ir ishlarning misi chiqib qoldi. “Pachkalab” qutiga tashlangan byulletenlar, Nozim Safarining tishlangan qo‘li, qayta saylov jarayonlari…

    Foto: “Uyushmagan yoshlar”

    Foto: “Uyushmagan yoshlar”

    Yakunlanib borayotgan 2019-yil “snos”lar mojarosi bilan ham esda qolarli bo‘ldi, shunday emasmi? Yil davomida Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokimlari keskin tanqidlarga uchradi. Xorazmdagi “snos”lar masalasida bosh vazir yig‘ilish o‘tkazdi, Yakkabog‘da tadbirkor do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi.

    Foto: “Uyushmagan yoshlar”

    Foto: “Uyushmagan yoshlar”

    Bizni 2020-yilda qanday xayp, mem va qovunlar guldastasi kutmoqda? Ko‘ramiz.

    02.01.2020, 08:23   Izoh (0)   137648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIVda bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan polkovnik Jizzax viloyat IIBga ishga yuborildi

    01.01.2020, 23:55

    Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi

    01.01.2020, 21:53

    Hokimlar va soliqchilar prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish tartibi to‘g‘risida ogohlantirildi

    01.01.2020, 21:11

    O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab pasporti biometrik bo‘lmagan fuqarolar jarimaga tortiladi

    01.01.2020, 20:52

    “Bu yangilik repetitorga ehtiyojni kamaytiradi”. O‘zbekistonda 10—11-sinf o‘quvchilari uchinchi chorakdan fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

    01.01.2020, 20:31

    O‘zbekistonda 2020-yilning ilk 18 soatida 1111 nafar chaqaloq dunyoga keldi

    01.01.2020, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.