16-sentabr kuni Telegram’dagi Alimoff kanalida bloger Nurbek Alimov hamda yosh jurnalist Dilbar Ismatullayeva tomonidan olib borilgan surishtiruv natijalari e’lon qilingani va ular Toshkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat yuritgan “trollar fabrikasi”ni fosh etib, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritgan kattagina noqonuniy guruhga oid isbot-dalillarni oshkor qilgani haqida xabar berib o‘tgan edik.

Shundan so‘ng bu ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan voqealaridan biriga aylandi. Har doimgidek, rezonansli mavzuga bildirilayotgan hazil-mutoyiba va sarkazmga boy postlarni quyida havola etamiz.

“Davra”ni Telegram’chilarning postlari bilan ochib beramiz.

Kecha bloger Nurbek Alimov bitta surishtiruv natijalarini telegramdagi kanalida e’lon qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar, qator saytlar ham yozishga ulgurishdi. Unda iddao qilinishicha, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maxfiy ravishda faoliyat yuritadigan maxsus “trollar fabrikasi” bor ekan.

Rosti, ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy ravishda ijobiy yoki salbiy izoh qoldirish kampaniyalari ilgarilari ham uchrab turardi, lekin bu u yoki bu tashkilot doirasidagina qolardi. Ya’ni rahbarini yoki tashkilotini himoya qilish uchun ommaviy ravishda xodimlar safarbar etilardi. Shuning uchun avvaliga bu surishtiruvga ishonqiramay qaradik. Lekin uzoq davom etayotgan sukunat, reaksiya yo‘qligi bizni o‘ylantirib qo‘ydi.

Lekin O‘zbekistonda aynan maqsadli va manzilli trolling bilan shug‘ullanadigan maxsus guruh borligi, agar rost bo‘lsa, birinchi marta duch kelinayapti. Qizig‘i, surishtiruv materiallariga tayanilsa, trollar guruhining bir uchi A. Xodjayevga borib taqalayapti (videodan ko‘rinishicha).

Bu insident yuzasidan qator savollarga javob berishni talab qilinadi:

O‘zbekistonga yangi avlod aytishniklarini yetishtirib berishi kerak bo‘lgan TATUda haqiqatanam ham trollar fabrikasi bormi? Uning tepasida kim turibdi? Pulni kim to‘layapti? Bu trollar kimni kimdan himoya qilayapti? A. Xodjayevning ismi bu surishtiruvda nega chiqib qoldi?

“Davletov.uz”

Do‘stim Nurbek Alimov Dilbar Ismatullayeva bilan birga juda yaxshi surishtiruv o‘tkazibdi. Juda olamshumul bo‘lmasa ham, lekin, menimcha, O‘zbekistonda birinchi marta bunaqa yo‘nalishda ish qilinishi. Surishtiruvlar bundanam kengayib, endi yirik korrupsion sxemalar fosh etilishini tilab qolaman.

Surishtiruvni qiziqish bilan o‘rganib chiqdim. Albatta, hali bor material asosida xulosa qilishga erta. Lekin shu voqea – jimitdekkina trollar fabrikasining fosh bo‘lishida ilgari bir necha bor aytgan gaplarimning isbotini ko‘rganday bo‘ldim.

“Buni hukumat uyushtirgan”, “Amerikaning proyekti bu”, “Masonlar fitnasi” degan gaplarni eshitganda odatda kulib qo‘yaman. Chunki bir haqiqat bor: amaldorlar va umuman “tepadagilar” odatda biz o‘ylaganchalik aqlli bo‘lmaydi. Bitta sohani amallab rivojlantira olmaydigan odamlardan mohirona fitnalar kutish ahmoqlik bo‘lardi. Qo‘llaridan kelgani – mana shunaqa beo‘xshov ishlar qilib, fosh bo‘lib yurish.

“Asanov formati”

Hamma blogerlar ham ro‘y bergan ishni ijobiy baholamadi. Masalan, “Mehribon piarchi” kanali aslida “trollar fabrikasi” emas, “kechagi PTUchilarning ayanchli o‘zboshimchaligi” fosh etilganini yozdi. Uning fikricha, surishtiruv oxiriga yetkazilmagan, ko‘p jihatlar mavhum qolgan va “ular jurnalistik surishtiruv deyotgan narsani Paynet kioskidagi devoriy gazetada ham chop etib bo‘lmaydi”.

Tatushniklar, davay, olg‘a!

Dushmanlar hujum qilmasin!

Lekin, bollar, xushyor bo‘ling:

Trolligimiz sezilmasin.

Ma’naviyatni qalqon qiling,

Salga duxingiz sinmasin.

Podarkamas mullajiring,

Trolligimiz sezilmasin.

Komment qoldiring tog‘-tog‘,

Maddohlikdan bezilmasin.

Skrinshotdan bo‘ling ogoh,

Trolligimiz sezilmasin.

Arboblarni himoyalang,

Qalbchalari ezilmasin.

Bo‘lsak hamki biroz garang,

Trolligimiz sezilmasin. 

“Uyushmagan yoshlar”

Foto: Jamshid Nurqul

Foto: Jamshid Nurqul

Foto: “Uyushmagan yoshlar”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Taniqli bloger Eldar Asanov bu boradagi fikrini kreativ yumor bilan izhor etdi:

Skrin: “Daryo”

Shoir Mirzoozod esa trollikka yollanmoqchi:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Jurnalist Muslim Mirzajonovdan mavzuga doir muhammas:

Skrin: “Daryo”

Yangicha tez aytish o‘yini:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Twitter’chilarning fikrlari bilan tanishtiramiz.

Fosh etuvchi materiallar mualliflaridan biri – bloger Nurbek Alimov ritorik savol yo‘lladi:

Tarmoqda Troll Afandi nomi bilan mashhur yana bir bloger esa shu kuni o‘z nomini o‘zgartirib olishni maqul topdi:

Skrin: “Daryo”

Yana bir chimdim kreativlar: