JCh—2022 musobaqasi ikkinchi saralash bosqichining 4-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Singapurga qarshi o‘ynaydi.
15-oktabr kuni Vadim Abramov shogirdlari Singapurda mezbonlarga qarshi “Milliy stadion”da bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘yinni Shen Yinhao boshchiligidagi xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Song Siangyun hamda Jang Cheng yordam beradi. Zaxira hakami — Jang Lei.
Eslatib o‘tamiz, Yinhao 11-oktabrda bo‘lib o‘tgan Janubiy Koreya — O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqli uchrashuvini (3:1) ham boshqargan edi.
JCh—2022 saralashi
“D” guruhi
15-oktabr, 16:45
“Singapur Milliy stadioni”
Singapur — O‘zbekiston
Bosh hakam: Shen Yinhao (Xitoy)Yordamchi hakamlar: Song Siangyun (Xitoy), Jang Cheng (Xitoy)
Zaxira hakami: Jang Lei (Xitoy)
Nazoratchi: Ala al Abadi (Iroq)
Komissar: Kanya Keomani (Laos)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)