UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov 23-noyabr kuni Toshkentga keladi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Assalomu alaykum, O‘zbekiston. Inshalloh, 23-noyabr kuni Toshkentdagi GFC20 musobaqasida qatnashaman. Tez orada ko‘rishamiz. Hammaga salomatlik va omad tilayman”, — deya xabar qoldirgan Habib.
Eslatib o‘tamiz, 12-oktabr, shanba kuni Habibning murabbiyi Xavyer Mendes Toshkentga tashrif bilan keldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)