Navoiy viloyati hokimi Yangig‘azg‘on va Sarjalda ovullarida odamlar hayoti va muammosiga yechim topish uchun sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Sayyor qabulda Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi mobil avtobusi hamda Konimex tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari, shuningdek, tuman adliya bo‘limi vakillari Yangig‘azg‘on va Sarjalda aholisining murojaatlarini tingladi.
Cho‘lda kun ko‘rayotgan odamlarning esa muammosi — ichimlik suvi va tabiiy gaz bo‘lsa. “Bu yerda hatto, ishsiz yoki kam ta’minlangan oilani uchratmaysiz. Hammaning bir yumushi va bir daromadi bor”, — deyiladi xabarda.
Mobil avtobus cho‘lda xonadonma-xonadon kezib, ikki hududda 61 ta murojaat aniqladi va aholiga joyida sayyor xizmat ko‘rsatildi. Shuningdek, markaz xodimlari va adliya vakillari hamkorligidagi targ‘ibot tadbirlari cho‘lda chorvachilikka ixtisoslashgan oilaviy korxonalarni tashkil etish, tuyachilik va parrandachilik, ya’ni tuyaqush boqish bo‘yicha tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, eng asosiysi hududlardan turib davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish yuzasidan odamlarga huquqiy tushunchalar berildi.
Izoh (0)