Vladivostokdagi bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, 30-iyul kuni Primorsk o‘lkasida baxtsiz voqea oqibatida 11 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.N. olamdan o‘tdi.
25-iyul kuni ushbu o‘lkada 2011-yildan beri yashab, ishlab kelgan O‘zbekiston fuqarosi I.X. ham yurak xurujidan vafot etdi.
Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga oldi va O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini vataniga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda ishtirok etmoqda.
Izoh (0)