Xalq ta’limi vazirligi Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari Toshkent shahridagi 218-maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarni o‘rganmoqda.
Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu holatga yo‘l qo‘yganlarga qonunchilik doirasida chora ko‘riladi.
Oldinroq OAVda Mirobod tumanidagi 218-maktabda o‘qituvchilar o‘t yulishgani, bu holat joriy yil 29-iyul kuni ro‘y bergani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Izoh (0)