• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Orolga quyilishi kerak bo‘lgan suv qayerga oqmoqda?

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumaniga qarashli Chuqurqoq ovuli fuqarolari va shu hududda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi cho‘ponlar bir necha yillardan buyon yaylovlarni suv bosib ketayotganidan aziyat chekmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ma’lum bo‘lishicha, bu suvlar 2004—2013 yillarda Jahon bankining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekiston drenaj loyihasi” asosida qurilgan “Aqchadaryo” magistral kollektori suvlari. “Aqchadaryo”ni mahalliy aholi “Xitoyqazgan” yoki “Xitoyjargan” deb ham nomlaydi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh janubiy magistral drenaj kollektori “Aqchadaryo” dunyodagi eng uzun kollektor sanaladi. Uning uzunligi 193,8 kilometr va sekundiga 30—35 kubometr suv o‘tkazadi.

    Ushbu kollektor 2004—2013 yillarda Jahon banki tomonidan “O‘zbekiston drenaj loyihasi” asosida qurilgan. Loyiha asosida 241,93 kilometr magistral kollektorlar va 1903,4 kilometr xo‘jaliklararo kollektorlar tizimida qayta rekonstruksiya va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy tumanlari (To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy) hamda Taxtako‘pir tumanining jami 100 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarining zax suvlarini hududdan olib chiqib ketuvchi “Aqchadaryo” kollektori suvlari Janadaryoning (Janadaryo – Amudaryoning eski irmog‘i) eski o‘zani orqali Orol dengizining qurigan joyiga (Katta Orolga) chiqarib tashlanishi mo‘ljallangan.

    Ushbu kollektor qurib bitkazilgani Qoraqalpog‘istonda yashovchi xalqning toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga zamin yaratdi. Chunki undan avval To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy tumanlari hududlaridagi 100 ming gektar paxta, sholi, bug‘doy va boshqa ekin maydonlaridan chiqqan suvlar Amudaryoga tashlanib turgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Hukumat ushbu noxush holatning oldini olish uchun ana shu kollektorni qazish loyihasiga qo‘l urgan. Natijada daryo suvi sifati yaxshilana boshladi. To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy tumanlarining jami 100 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilanishiga hamda sizot suvlarning hududdan beto‘xtov chiqib ketishiga zamin yaratildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Loyiha asosida mazkur kollektorning 100 kilometri rekonstruksiya qilindi hamda eni 40 metr, chuqurligi 3 metr, suv sarfi sekundiga 25 metr kub bo‘lgan “Aqchadaryo” kollektori qurildi. “Aqchadaryo” kollektori Sirdaryoning eski irmog‘i Janadaryoning qurib qolgan o‘zaniga quyiladi. Janadaryo esa Sharqiy Orol (yoki Katta Orol) qismiga suvni olib ketadi. Kollektorni qurish natijasida yangi vetlandlar paydo bo‘lishi va atrof-muhit ekotizimi yaxshilanishiga imkon yaratildi. Kollektor ishga tushgandan keyin yer osti zax suvlari kamaydi, tuproqning tuzliligi 2006-yilga nisbatan ancha pasaydi. Lekin kuzgi-bahorgi sho‘r yuvish va vegitatsiya davrida kollektorda suv sarfi sekundiga 40—50 metr kubgacha, ya’ni ikki barobarga ko‘tarilib ketadi. Suv ko‘tarilishi oqibatida “Nukus – Uchquduq” avtoyo‘lining 199—200 kilometrida kollektor dambalarining ko‘p joylari buzilgan. Chuqurqoq qishlog‘i hududi va Sarixo‘ja qabristoni kollektor sathidan 1,5 metr pastda joylashgani tufayli filtratsiya suvlari ostida qolib ketgan. Kollektor suvi Orolning qurigan qismiga quyilayaptimi, yo‘qmi uni bilishning iloji yo‘q. Chunki kollektorning quyi qismida suvlar yanada yoyilib ketib, botqoqlikka aylangan. Texnika ham, odam ham bu botqoqliklardan o‘ta olmaydi. Faqat vertolyot yoki samolyot orqali uchib o‘tib, ko‘rishi mumkin.

    Abilay Maxanov mahalliy aholi nomidan Sarixo‘ja qabristonini suvdan qutqarish bo‘yicha ko‘p joylarga murojaat qilib kelmoqda. U suvni qochirish bo‘yicha o‘zi ham ba’zi fikrlarni aytmoqda. Unga ko‘ra, Sarixo‘ja qabristonidan g‘arbda yarim kilometrlar nariroqda eski daryo o‘zani, ya’ni chuqur soy bor. Kollektor suvini shu tomonga oqizish kerak. O‘zan esa suvni Orol dengizi tomon tortib ketadi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Lekin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi boshlig‘i Satmurat Qalmuratov bu fikrni qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning aytishicha, Janadaryoning eski o‘zanida tabiiy qum uyumlari hosil bo‘lgan. Oqqan suvlar shu to‘siqlardan o‘ta olmay ortga qaytib keladi va suv yana yoyilib ketadi. Xullas, suvni Janadaryoning quyi qismi tortib olib keta olmaydi.

    31.07.2019, 09:30   Izoh (0)   62590
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Buxorodagi kallaklangan daraxtlar asta-sekin qurib bormoqda

    31.07.2019, 08:57

    Toshkentda Iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritish evaziga 12 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    31.07.2019, 08:37

    Rossiyaning Primorsk o‘lkasida o‘zbekistonlik 11 yashar bola hayotdan ko‘z yumdi

    31.07.2019, 08:25

    Elektr energiyasi iste’molining bazaviy stavkasini qisqartirish rejalashtirilmoqda

    31.07.2019, 08:13

    XTV Toshkentdagi 218-maktab o‘qituvchilari o‘t yulishga majbur qilingani holatini o‘rganmoqda

    31.07.2019, 08:00

    Jahon banki Yangiyo‘l, Kogon va Chortoq shaharlarini kompleks rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratilishini ma’qulladi

    31.07.2019, 07:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.