Falastin prezidenti Mahmud Abbos Falastin ozodligi tashkiloti markaziy kengashi talabiga ko‘ra, Isroil bilan imzolangan barcha kelishuvlarni amalga oshirishni to‘xtatishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.
“Biz Sharqiy Quddusda zo‘ravonlik va kuch bilan beriladigan buyruqlarga bo‘ysunmaymiz”, — deydi Falastin prezidenti. Shuningdek, Mahmud Abbos Falastin “asr kelishuvi”ni qabul qilishdan bosh tortishini ma’lum qildi.
Mazkur bayonot Isroil tomonidan bosib olingan Sharqiy Quddusda joylashgan Sur-Baxer tumanidagi Falastinga tegishli o‘nlab binolar buzilganidan so‘ng bildirildi. Joriy yilning may oyida Isroil Oliy sudi ushbu binolar falastinliklar tomonidan qonunga qarshi qurilgani va buzilishi lozimligi haqida qaror chiqargandi.
Izoh (0)