Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonlik jarrohlar G‘arbiy Bengaliya shtatida 26 yoshli bemor ayolning oshqozonidan 1,5 kilogrammdan ortiq tanga va zargarlik buyumlarini chiqarib oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Qayd etilishicha, ayol zargarlik buyumlarini shu tarzda yashirishga qaror qilgan.

Ruhiy kasallikka chalingan ayolning ichidan 5 va 10 rupiy qiymatdagi 90 ta tanga, zanjirlar, burun uzuklari, sirg‘alar, bilaguzuklar va hattoki qo‘l soatlari topilgan.

“Biz zargarlik buyumlari g‘oyib bo‘layotganini payqadik. Ammo har safar undan bu haqda so‘raganimizda, u yig‘lay boshlardi” - dedi noodatiy bemorning onasi. Ma’lum bo‘lishicha, yosh ayol ovqatlanish vaqtida o‘z xazinalarini “yashirgan”.

Jabrlanuvchining oilasi boy emas va zargarlik buyumlari asosan misdan bo‘lgan, ammo bir nechta tilla buyumlar ham topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Filmdagi roli sabab kompyuter grafikasi yordamida “yoshartirilgan” aktyorlar (foto) 
Dunyo
Boeing va Airbus’ga raqib: Xitoyning C919 yo‘lovchi samolyoti ilk parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Mahalliy
Andijonda 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan qizni qutqaraman deb o‘zi cho‘kib ketdi