Somali poytaxti Mogadisho shahrida 24-iyul kuni portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Oqibatda kamida 6 kishi halok bo‘lgan, yana olti kishi jarohatlangan. Ular orasida shahar meri ham bor.
Avvalroq xudkush-terrorchi mahalliy ma’muriyat binosida portlash qurilmasini ishga tushirgani haqida xabar berilgan edi. Somali axborot portalida portlash oqibatida jarohat olganlar orasida merdan tashqari yana bir necha mansabdorlar borligi ta’kidlangan.
Xabarda aytilishicha, umumiy hisobda olti kishi, shu jumladan 5 nafar amaldor terror qurboni bo‘lgan. Mer kasalxonaga yotqizilgan, ammo uning hozirgi ahvoli haqida ma’lum qilinmagan.
Portlash BMT Bosh kotibining Somali bo‘yicha maxsus vakili Jeyms Svon ketganidan so‘ng sodir bo‘lgan. U portlash sodir bo‘lgan binoda mer va Benadir provinsiyasi gubernatori bilan uchrashgan.
Izoh (0)