Rossiya va Ukraina ombudsmenlari Tatyana Moskalkova hamda Lyudmila Denisova ikki davlat mahbuslarini vatanlariga qaytarish bo‘yicha yo‘l xaritasini belgilab oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ombudsmenlar Rossiya va Ukraina koloniyalari hamda tergov hibsxonalarida bo‘lib turgan shaxslar ro‘yxatini almashdi. Denisovaning ro‘yxatida 150 kishi, Moskalkova o‘z ro‘yxatidagi odamlar soniga aniqlik kiritmadi.
Endi ular ro‘yxatdagilarni avf etish masalasida prezidentlar Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga murojaat etish niyatida.
Izoh (0)