Ukrainaliklar mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyga Qrim va Donbassni Rossiyadan sotib olish taklifini bildirdi. “RIA Novosti”ning yozishicha, davlat rahbari saytida bu haqda tegishli petitsiya joylashtirilgan.
Tashabbus muallifi Zelenskiyga Moskva bilan hududlar narxini muhokama qilish va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishni taklif qilmoqda. U ukrainaliklar prezidentdan jasoratli qaror qabul qilishini kutayotganini ta’kidlagan hamda Qrim va Donbassni qaytarib olishning bunday yo‘liga befarq bo‘lmaslikka chaqirgan.
Izoh (0)