Amerika huquq-tartibot organlari Peruning sobiq prezidenti Alexandro Toledoni qo‘lga oldi. Bu haqda 16-iyul kuni Peru bosh prokuraturasiga tayanib, BBC xabar qilgan.
“Korrespondent.net”ning yozishicha, uning qo‘lga olinishi o‘tgan yilning mart oyidayoq yuborilgan ekstraditsiya talabi bilan bog‘liq. Toledo Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasidan 20 million dollar pora olganlikda ayblanmoqda.
Sobiq prezident bu ayblovlarni rad etgan va uni ta’qib qilish siyosiy maqsadlarda amalga oshirilayotganini bildirgan. Qayd etilishicha, Toledoning o‘zi AQShda yashayotganida Stenford universitetida o‘qituvchilik qilgan.
Alexandro Toledo AQShda mart oyida ham qo‘lga olingan bo‘lib, unda bu ichkilikka ruju qo‘ygani bilan bog‘liq bo‘lgan.
Izoh (0)