Hindistonning Mumbay shahrida 100 yillik to‘rt qavatli uyning qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. “TASS” ning xabar berishicha, to‘qqiz kishi, shu jumladan, ikki nafar bola qutqarilgan.
Eski uylardan iborat Mumbayning Dongri tumanida joylashgan uy 16-iyulda qulagan. Taxminlarga ko‘ra, bunga shahardagi ko‘plab tumanlarning suv ostida qolishiga olib kelgan kuchli musson yomg‘iri sabab bo‘lgan.
Uyning tor ko‘chada joylashgani, qutqarish uchun og‘ir texnikalarning kela olmagani vaziyatni yanada qiyinlashtirgan. Butun tun davomida qutqaruvchilar vayronalarni texnika yordamisiz qo‘lda ko‘tarib, jabrlanganlarni chiqarib olishga uringan. Hozirda qutqaruv harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida devor qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)