Britaniyalik 8 nafar do‘st 17 mamlakatni ortda qoldirib, haj ziyoratini amalga oshirish uchun 7-iyun kuni Londondan velosipedda yo‘lga chiqqandi. Bu haqda “Azan.kz” xabar bermoqda.
“Tur de Haj” Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Lixtenshteyn, Avstriya, Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Kosovo, Bolgariya, Gretsiya, Turkiya, Misr va Saudiya Arabistoni bo‘ylab o‘tadi.
Mazkur safar oxirida do‘stlar Pokiston, Shri-Lanka, Janubiy Afrika va Ugandadagi qishloqlarda quduqlar, maktab va masjidlar qurish uchun 500 ming funt sterling to‘plash niyatida.
Hozirda 8 nafar do‘st Turkiyaga yetib bordi. Ularni mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qabul qildi.
Izoh (0)