Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning singlisi malika Xassa bint Salmon Fransiyada santexnikka nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda ayblandi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, malikaning tan soqchisi asli misrlik bo‘lgan ishchini bir necha soat xo‘rlagan — uni urgan, tiz cho‘kib malikaning oyog‘ini o‘pishga majbur etgan. Bunga santexnikning malika va uning Parijdagi kvartirasini telefoniga ruxsatsiz suratga olgani sabab bo‘lgan.
Mazkur hodisa 2016-yilning kuzida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Qoralovchi tomonning ta’kidlashicha, malika Xassa bint Salmon o‘z vakolatini suiiste’mol qilgan va zo‘rovonlik ishtirokchisiga aylangan. Prokuror uni yarim yilga ozodlikdan mahrum etilishi va 5 ming yevro jarima to‘lashini talab qilmoqda.
Izoh (0)