Shiddatli yomg‘irlar AQSh poytaxti Vashington, shuningdek, Merilend va Virjiniya shtatlarining qo‘shni tumanlarida toshqinlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Vashingtondagi Ronald Reygan aeroportida jala tufayli reyslar bir soatdan oshiqroq to‘xtatib turildi, Virjiniyada poyezdlar qatnovi bekor qilindi. Arlington shaharchasida metroning “Virjiniya xiyoboni” bekatigacha suv kirdi.
Hatto Oq uyni ham qisman suv bosdi. Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh prezidenti ma’muriyati yerto‘lasidagi ko‘lmaklar aks etgan fotolar tarqaldi.
Toshqin tufayli AQSh milliy arxivi binosi yopildi.
Izoh (0)