Hindiston shimoli-sharqidagi Assam shtatida ikki kun tinimsiz davom etgan yog‘ingarchilik oqibatida qariyb 13 ming kishi suv toshqini hududida qoldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Hukumat uylarini tark etganlarga vaqtinchalik yashash lagerlari tashkillashtirmoqda. Toshqin, shuningdek, shtatdagi bir necha yo‘llarni ham yopib qo‘ygan.
Sinoptiklarning xabariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir yog‘ishi davom etishi mumkin. Shu bilan birga, hududda eng yirik ko‘llardan biri bo‘lgan Braxmaputrada suv sathi xavfli darajaga yetgan.
Izoh (0)