Zagreb Yevropa valyuta kursi mexanizmlariga qo‘shilish rejasi haqida Yevropa Ittifoqiga rasmiy maktub yo‘lladi. Bu haqda Reuters’ga tayanib “Exo Moskvi” xabar berdi.
Mamlakat bir qator majburiyatlarni, shu jumladan, pul yuvish, statistikani to‘plash hamda moliyaviy va ma’muriy yuklamalarni kamaytirish borasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan. Bu choralarning amalga oshirilishini Yevropa Markaziy banki va Yevropa Komissiyasi nazorat qiladi.
O‘tgan haftada Xorvatiya Markaziy banki rahbari mamlakat yevrozonaga 2023-yildayoq qo‘shilishi mumkinligini aytgan edi.
Izoh (0)