7-iyul kuni Jizzax viloyatida AES qurish uchun tanlab olingan hududga deputatlar va OAV vakillari uchun media-tur tashkil etildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov Jizzax viloyati Forish tumani aholisi bilan qilgan muloqoti chog‘ida hududda qurilishi mo‘ljallangan AES hech qanday tahdid tug‘dirmasligini kafolatladi.
Qayd etilishicha, qurilishi rejalashtirilgan AES 9 ballik zilzilaga ham dosh bera oladi.
“Hattoki, samolyot stansiya ustiga tushgan taqdirda ham, u o‘z ishini davom ettirishi mumkin”, — deydi Boriy Alixonov.
“Vengriyada suv Dunaydan olinadi. Uni hech qanday tozalashsiz qayta tushirishadi, sababi radioaktiv moddalar bilan aloqasi bo‘lmaydi. Garchi u transchegaraviy suv havzasi bo‘lsa-da - Amudaryodan ko‘ra hajmi ikki baravar ko‘p. Bu jihatdan ekologik xavfsizlik juda yuqori. Xalqaro atom energiyasi agentligi ‘3+’ texnologiyasini eng ishonchli deb bekorga tan olgani yo‘q”, — deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Alixonov.
Izoh (0)