8-iyul kuni soat 23:58 da “102” raqamiga Olmazor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, taxminan soat 23:00 da Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli Tolibjon S., Tansiqboyev ko‘chasi tomon THAY bo‘ylab harakatlanishi davomida piyodani urib yuborgan.
1968-yilda tug‘ilgan Olmazor tumanida yashovchi To‘lqin G. tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borildi va shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumdi.
Qayd etilishicha, YTHga piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)