Bandlik va mehnat munosabatlari Koreya Respublikasiga ishchilarni jo‘natish bo‘yicha kelishuv memorandumi doirasida dastlabki saralash imtihonlaridan o‘tgan nomzodlarni dinamik reyting asosida ro‘yxatga olinishi 5-iyul kuni to‘xtatilganligini ma’lum qildi.
Dinamik reyting asosida ro‘yxatga jami 4003 nafar nomzod kiritildi.
2019-yil 15-iyulga qadar dinamik reyting asosida ro‘yxatga kiritilgan nomzodlarning koreys tilini bilim darajasi nazorat tartibda tekshiriladi va EPS Topic imtixoniga kiritilgan 2500 nafar fuqaro ro‘yxati e’lon qilinadi.
Asoslanmagan va noto‘g‘ri xabarlarni oldini olish maqsadida faqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytida e’lon qilingan axborotlardan foydalanish so‘raladi.
Izoh (0)