Samarqand viloyatidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ)da gilam mahsulotlari uchun polipropilen ip ishlab chiqaruvchi “Urg-Taj” birinchi qo‘shma korxonasi ish boshlaydi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Ushbu qo‘shma korxona 2,9 million dollar miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi kutilmoqda.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida qariyb 2 yildan buyon barcha tadbirkorlar, shu jumladan xorijdan kelganlar uchun investitsiya miqdoriga qarab soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda.
“Ushbu zonadagi tadbirkorlar 3 yildan 10 yilgacha daromad solig‘i va pensiya badalidan tashqari 10 turdagi soliqlardan ozod qilinadi. Ikki yil davomida ‘Urgut’ EIZ 232 million dollarlik loyihani amalga oshirayotgan 60 dan ortiq xorijlik investorlarni jalb qilgan”, — deb ta’kidlagan Urgut tumani hokimi o‘rinbosari G‘ayrat Abdurahmonov.
Izoh (0)