• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    23-iyun kuni Islom Karimov O‘zbekiston rahbariyatiga kelganiga 30 yil to‘ldi (video)

    Islom Karimov O‘zbekiston rahbariyatiga kelganiga bugun, 23-iyun kuni 30 yil to‘ldi. Bu haqda Islom Karimov nomidagi jamg‘arma o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

    Foto: Islom Karimov jamg‘armasi

    Foto: Islom Karimov jamg‘armasi

    U 1989-yil 23-iyunda O‘zbekiston SSR kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Birinchi kotibi etib tayinlangan edi. Sovet Ittifoqi respublikalarini idora etish amaliyotiga muvofiq, Karimov Kommunistik partiyaning Siyosiy byurosi hamda shaxsan SSSR davlat boshlig‘i Mixail Gorbachyov tasdiqlagach, partiya yetakchisi sifatida O‘zbekiston SSR rahbari vazifasiga kirishdi.

    O‘sha kezlar sobiq Sovet Ittifoqida, jumladan, O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy vaziyat o‘ta og‘ir bo‘lgani barchaga ma’lum.

    O‘zbekiston SSR ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo‘yicha Sovet Ittifoqida so‘nggi o‘rinlarda edi. Milliy va etnik ziddiyatlar esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan edi.

    1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘ona viloyatida “Farg‘ona voqealari” deb atalgan ommaviy to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Oqibatda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, 735 ta turar joy, 28 ta davlat obyekti hamda 275 ta avtotransport vositasi yoqib yuborildi.

    Boshqa qator viloyatlarda ham vaziyat notinch edi. Odamlarni tartibsizlikka undovchi kuchlar harakatga tushib qolgandi.

    Moskvadagi SSSR rahbariyati O‘zbekiston SSRdagi vaziyatni izga solmog‘i talab etilar edi. Mintaqada holat o‘ta qaltis ekanini yaxshi anglagan Moskva o‘sha kezlar respublika viloyatlaridan birini boshqarayotgan aqlli, kuchli va shijoatli yetakchiga ishonch bildirdi. Qayd etish joizki, Qashqadaryo viloyati Islom Karimov rahbarlik qilgan 3 yil ichida jadal rivojlana boshladi. Karimov viloyatda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, qisqa muddatda uni yuqori pog‘onalarga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

    Moskva Karimov nomzodini tanlar ekan, u shunchaki respublikani idora etib qolmay, yig‘ilib qolgan jiddiy muammolarni hal qilishiga ishonchi komil edi.

    Islom Karimov butun faoliyati davomida yuksak natijalarga erishdi – SSSR hududida respublikaning eng yosh moliya vaziri (1983—1986) bo‘lib qolmay, hali Sovet Ittifoqi hukmfarmolik qilib turgan davrda (1990-yilning marti) ittifoqdosh respublikaning birinchi Prezidenti o‘laroq butun SSSR miqyosida favqulodda qadam tashladi.

    Islom Karimov o‘sha davrni shunday xotirlagan edi:

    “1989-yilning iyuni. Tahlikali kezlar edi. Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo‘kadagi qirg‘in-u yong‘inlar... Fitna-fasod darvozasi lang ochilib ketgan edi go‘yo. Mamlakat bo‘ylab yoyilgan qudratli to‘lqin mutelik zamonining jamiki dov-dastgohini o‘z domiga tortdi. Hukumat vaziyatni idora qilolmay qoldi.

    Boshboshdoqlikka chek qo‘yib, jar yoqasidagi respublikani halokatdan saqlab qolishga qodir inson qidirilayotgan edi. Pirovardida menga murojaat qilishdi. O‘sha pallada nafaqat mening karyeram, ta’bir joiz bo‘lsa, butun hayotim garovga qo‘yilganini yaxshi anglar edim. Balandparvozlikka yo‘ymang, ammo “xalq meni to‘g‘ri tushunadi va albatta qo‘llab-quvvatlaydi” degan ishonch menga kuch bag‘ishladi.

    10 yoki 11-iyun kuni, aniq esimda yo‘q, Siyosiy byuro O‘zbekiston kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi Birinchi kotibi masalasini ko‘rayotgan edi. Muhokama nainki tanqidiy, hatto bepisand ruhda o‘tardi. Beo‘xshov luqmalar, nomaqbul mulohazalar. O‘shanda men minbardan Gorbachyovga qarata: “Mixail Sergeyevich! Mening nomzodimni olib tashlang. Bu yerda kimgadir yoqmayotganga o‘xshayman. Rafiq Nishonovni yana olti oycha lavozimida qoldirishni taklif etaman. U vaziyatni tartibga solganidan so‘ng bugungi masalaga qaytish mumkin. Endi esa mening ketishimga ijozat bering”, dedim. Gorbachyov meni olib qolishga urindi. Men esa: “Ko‘ndirishga harakat qilmang. Menga hammasi kundek ravshan. Ketishimga ijozat bering”, dedim. “Bo‘pti, shunga qaror qilibsiz, ketavering”, dedi u. Men Toshkentga uchdim. Zavodga qaytishga qaror qilgandim.

    Biroq oradan ikki kun o‘tib, uyimga Nishonov qo‘ng‘iroq qildi va Moskva mening birinchi kotiblikka ko‘rsatilishimga rozilik berganini aytdi. 23-iyun kuni O‘zbekiston kompartiyasi MQ plenumi bo‘lib o‘tdi va unda men Birinchi kotib lavozimiga saylandim”.

    Islom Karimov zimmasiga yuklangan mas’uliyatni mudom chuqur his etdi, hamisha ko‘ksini o‘z xalqi manfaatlari yo‘lida qalqon qildi. Insoniy fazilatlari, vatanparvarlik va oddiy insonlar talab-ehtiyojini anglay bilish xislati tufayli Islom Karimov tarix sahifalaridan o‘z xalqini mustaqillik sari boshlagan yetakchi sifatida o‘rin oldi.

    Karimov kuchli davlat barpo qildi, an’analar, diniy va tarixiy obidalarga qayta hayot baxsh etdi. U ajdodlarga munosib ehtirom ko‘rsatdi. O‘z ona Vatanining madaniyati va tarixini chuqur bilgan holda, yosh davlatning milliy va madaniy o‘zligi g‘oyalarini yaratib, hayotga tatbiq eta oldi. Uning qat’iy maslagi va mashaqqatli mehnati tufayli o‘zbek xalqi o‘zligini angladi. Islom Karimov o‘z Vatani, xalqini sevar edi. Odamlar uning siymosida ularning hayoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan ota timsolini ko‘rdi. Ushbu o‘zaro samimiy ehtirom bugun ham davom etmoqda, va Birinchi Prezidentlarini uning ona shahri Samarqandda ziyorat etayotgan yuzlab insonlarning xayrli duolarida namoyon bo‘layotir.

    23.06.2019, 17:48   Izoh (0)   128155
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Islom Karimov qanday oilada dunyoga kelgan? Prezident bo‘lguniga qadar qanday yo‘lni bosib o‘tgan?

    30.01.2019, 15:00

    “Go‘yoki Islom Karimov hozir zalga kirib keladigandek”. Besh yil avval Shavkat Mirziyoyevga prezident vazifasini bajarish yuklatilgan edi. Tarixiy majlisdan report...

    08.09.2021, 07:52

    Foto: Qorga botgan Islom Karimov

    26.12.2021, 16:14

    “U bilan birga yurib yetolmasdik, jismonan juda baquvvat inson edi”. Qashqadaryodagi sobiq hokim Islom Karimov haqida

    30.01.2022, 21:44

    “SSSR qulashiga tashqaridan ham ta’sir bo‘lgan. Ammo bunga tizimning o‘zi bosh aybdor edi”. Islom Karimov tuzum tanazzuli va Gorbachyov haqida (video)

    31.08.2022, 19:20

    Islom Karimov vafotiga olti yil. O‘zbekiston birinchi prezidenti fondi mazkur sana munosabati bilan video e’lon qildi

    02.09.2022, 13:27

    “Islom Karimov bilan 7-8 soat gaplashib, boshim aylanib ketgan”: Nurali Qobul bilan suhbat

    11.11.2023, 20:00

    “Islom Karimovning eng katta xatosi shu bo‘lgan” — yozuvchi Murod Muhammad Do‘st valyuta konvertatsiyasining yopilishi haqida

    29.01.2024, 11:01

    “Islom Karimov amaldorlar bir–biri bilan quda bo‘lishini yomon ko‘rardi” — Murod Muhammad Do‘st

    29.01.2024, 15:39

    Karimov va Rahmon o‘rtasidagi qarama-qarshilik: ziddiyat tarixi

    20.02.2024, 20:15

    Islom Karimovning OAV va jurnalistlarga munosabati qanday bo‘lgan? Sobiq prezident matbuot kotibi bilan suhbat

    27.03.2024, 17:48

    “Terrorchilarni aholidan farqlab olishimiz qiyin kechgan”. Sariosiyo voqealarida qatnashgan harbiylar hikoyasi

    29.08.2024, 11:15

    “Tilanglar tilaklaringni, prezident bu gapni boshqa aytmaydi!”: Islom Karimov bilan bog‘liq qiziq voqealar

    02.09.2024, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.