• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Islom Karimovning eng katta xatosi shu bo‘lgan” — yozuvchi Murod Muhammad Do‘st valyuta konvertatsiyasining yopilishi haqida

    O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davrida mamlakatda valyuta konvertatsiyasining yopilishi (1996–2017-yillarda) katta xatolardan biri bo‘lgan. Bu haqda taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do‘st “Lolazor” podkastidagi chiqishida aytib o‘tdi.

    Murod Muhammad Do‘st
    Skrinshot: YouTube.com / “Lolazor”

    Murod Muhammad Do‘st 1993–1999-yillarda marhum Islom Karimovning matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, prezident devonida ham ishlagan. Podkastda yozuvchi Islom Karimov shaxsiyati va amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi savollarga javob berdi, yaqin tarix haqidagi o‘z xotiralari bilan bo‘lishdi.

    “Qattiqqo‘l inson edi”

    Murod Muhammad Do‘stning aytishicha, birinchi prezident qattiqqo‘l inson bo‘lgan.

    “Baʼzida ortiqcha, shafqatsizlarcha qattiqqo‘llik qilgan paytlari ham bor. Oddiy odamlardek xursand bo‘lgan paytlarini ham ko‘rganman. Yoki boshiga musibat tushgan paytlarda qayg‘urganlarini ham guvohi bo‘lganman. Endi hamma qatori odam, lekin uning gardaniga tushgan yuk juda og‘ir edi. O‘jar inson edi. Shu o‘jarligi siyosatda ko‘pincha qo‘l kelardi. Ko‘proq O‘zbekistonni manfaatlarini o‘ylab baʼzi paytlarda dushman orttirishdan ham qo‘rqmasdi. Yodimda bor, Netanyahu (Isroil bosh vaziri–tahr.) bilan birinchi marta uchrashganda, ikkovi bir–biriga ziddiyat bilan qaragandi. Agar qarshisidagi balandroq, tepadan keladigan odam bo‘lsa, Islom akani ham birdan o‘zbekligi tutardi. O‘zbekistonni manfaatlarini o‘ylagan paytlari yodimda ko‘proq qolgan”, — deya esladi yozuvchi.

    “Xatosini hech kim ayta olmagan”

    Suhbat davomida Murod Muhammad Do‘st Islom Karimov biror ishda xatoga yo‘l qo‘ysa, bu haqda uning yuziga aytadigan inson bo‘lmaganini taʼkidladi.

    “Baʼzida Islom aka ‘Nimaga menga hech kim gap qaytarmaydi. Men ham xato qilamanku! Nega hech kim sen noto‘g‘ri qilyapsan deb aytmaydi’, derdi. O‘ylaymanki, u o‘zining xatolarini tan olishga moyil edi. Lekin uning xatolarini aytadigan odam yo‘q edi. Xatolarini ham, yaxshi fazilatlarini ham bilaman. Baʼzi paytlarda xatosini tan olib: ‘Sizlar to‘g‘ri aytgan ekansizlar’, degan paytlari bo‘lgan. Masalan, gap qaytarsangiz, 2–3 kun arazlab, telefon qilmasdan, gaplashmay qo‘yardi. Keyin, ‘Sizlarni aytganlaring bo‘la qolsin, mayli bilganingni qil’, deb qo‘yardi. U ham tan olgani bo‘lardi. To‘g‘ri gap bor, lekin haqiqatni aytadigan odam yo‘q bo‘lgan. Shuning uchun haqiqat oyoqning ostida qolib ketardi”.

    “Konvertatsiya yopilgani eng katta xatosi edi”

    Murod Muhammad Do‘stning taʼkidlashicha, Islom Karimov davrida yo‘l qo‘yilgan ulkan xatolardan biri valyuta konvertatsiyasining yopilgani bo‘lgan.

    “Konvertatsiya masalasi 1994-yilda boshlandi. O‘zbekistonning, Islom akaning eng katta xatosi shu yerda bo‘lgan. Islom akaga ‘valyuta chetga chiqib ketib qoladi, yerga o‘tirib qolamiz’, deyishgan. Lekin birortasi chiqib aytmadiki: ‘Bu o‘zbek nonni qulog‘iga yemaydi, og‘ziga yeydi. Valyutasini olib chiqsa, uning o‘rniga biror narsa olib keladi. Kerak bo‘lsa, yana olib chiqib sotadi’, demadi. Xullas, valyutani nazorat qila boshlashdi. Keyin konvertatsiya degan narsa chiqdi. O‘sha odamlar uchun konvertatsiya o‘ylab topildi. Bo‘lmasa, agar iqtisod liberallashib davom etganida hozir boshqacha bo‘lardi. O‘sha paytda iqtisodiyotda start pozitsiyamiz Qozog‘istonnikidan yaxshi edi. O‘shanda atrofida 100 ta oila boy bo‘lib oldi. Milliardlar paydo bo‘ldi. Shunda juda katta xato bo‘ldi. Mana konvertatsiyani qaytadan ochganimizga necha yil bo‘ldi? 2017-yilda edi. O‘shandan beri haligacha xursand bo‘lib qo‘yaman. Avvalgi davrda valyuta nazorati bir xovuch odamlar qo‘lida edi. O‘shanda valyutada to‘rtta kurs paydo bo‘lgan. Biz valyuta almashtirishga kuchi yetadigan odamlarni boyitdik. Islom Karimov ham menimcha buni bilardi. Lekin imkoni bo‘lmaganmi, bilmadim...”,—dedi yozuvchi.

    “Prezidentdan axborotlar yashirilgan”

    Suhbatda Murod Muhammad Do‘st ayrim mulozimlar axborotlarni Islom Karimovdan yashirgan holatlar bo‘lganini ham aytdi.

    “Gazetalarda sal tanqidiyroq material chiqqan bo‘lsa, o‘sha soni prezident yoniga kiritilmasdi. Qani u gazeta deyilsa, bugun chiqmadi deyilardi. Yodingizda bormi, Markesning asarida gazeta prezidentning o‘zi uchun bir nusxada chiqariladi. O‘sha paytda informatsiyani prezidentdan yashirish bor edi”,—deya o‘tmishni xotirladi Murod Muhammad Do‘st.

    29.01.2024, 11:01   Izoh (0)   19133
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yuliy Yusupov: Erkin konvertatsiyaning joriy etilishi buyruqbozlik boshqaruv tizimining “belini sindirish” imkonini beradi

    03.09.2017, 18:22

    Sodiq Safoyev 1996-yili O‘zbekistonda valyuta konvertatsiyasining cheklanishi nimalarga olib kelgani haqida gapirdi

    04.03.2021, 18:11

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha cheklovlar kiritilayotgani xabar qilindi

    15.09.2023, 23:11

    Moliya vaziri o‘rinbosari Hisob palatasi raisi etib tayinlandi

    29.01.2024, 10:56

    Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

    29.01.2024, 10:52

    Transport vaziri, uning birinchi o‘rinbosari, YHXX boshlig‘i va “Toshshahartransxizmat” raisiga hayfsan berildi

    29.01.2024, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.