• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Karimov va Rahmon o‘rtasidagi qarama-qarshilik: ziddiyat tarixi

    1924-yilda Sovet Ittifoqi tarkibiga majburlash orqali qo‘shib olingan O‘zbekiston va Tojikiston respublikalari deyarli bir vaqtda mustaqillik eʼlon qildi. Hurriyatning dastlabki yillari ikki qardosh mamlakat o‘zaro aloqalarni mustahkamlash uchun diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ydi.

    90-yillar oxiri 2000-yillar boshiga kelganda mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarga sovuqchilik tushdi. O‘zbekiston rahbari Islom Karimov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bir-biriga qarata keskin gaplar aytishni boshladi. Bu esa mintaqani o‘z geosiyosiy ta’sir doirasiga kiritishga intilayotgan ayrim kuch markazlari uchun ayni muddao bo‘lib xizmat qildi.

    “Daryo” O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi eng ziddiyatli kunlar haqida hikoya qiladi.

    90-yillardagi munosabatlar va Tojikistondagi fuqarolik urushi

    Mustaqillikning dastlabki yillari O‘zbekiston ham, Tojikiston ham xavfsizlik va mamlakat ichida barqarorlikni taʼminlashga harakat qildi. 1992-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ydi. 1993-yil 4-yanvar kuni esa ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

    1992-yilda Tojikistonda 5 yildan ko‘proq davom etgan, 50 ming inson (baʼzi manbalarda 80 ming)ning hayotiga zomin bo‘lgan fuqarolik urushi boshlanib ketdi. O‘zbekiston qo‘shni davlatlarda ro‘y berayotgan voqealarga befarq bo‘la olmas edi. Sababi Tojikistonda fuqarolar urushining boshlanib ketishi O‘zbekistonda ham radikallashgan islomiy guruhlarning faollashishiga olib kelishi mumkin edi. Boz ustiga Afg‘onistonda ham hokimiyat uchun kurash avj olgandi. Yaʼni fuqarolar urushining O‘zbekistonga ham yoyilishi borasida O‘zbekiston rahbariyatida xavotirlar bor edi.

    Настоящая причина гражданской войны в Таджикистане. Мнение эксперта |  Новости Таджикистана ASIA-Plus
    1992-yil Tojikistonda boshlangan fuqarolar urushi
    Foto: Asia-Plus

    O‘zbekiston hukumati Tojikistondagi fuqarolar urushida Emomali Rahmon boshchiligidagi xalq frontini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, O‘zbekiston qo‘shni respublikaga ham harbiy, ham moddiy tomondan yordam ajratdi. Islom Karimov boshqaruvidagi O‘zbekiston Tojikistondagi fuqarolar urushining tinchlik kelishuvi bilan yakunlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi.

    1998-yilda Tojikiston prezidenti o‘z chiqishlarining birida 90-yillarda mamlakat ichida dahshatli ocharchilik yuzaga kelganini, odamlar nonga navbat poylab vafot etganini, shunday bir sharoitda Islom Karimov va o‘zbek xalqi tojikistonliklar uchun Termiz shahridan 17 ta vertolyotda un jo‘natganini ta’kidlagan.

    “Agar Boris Yelsin hamda Rossiya bo‘lmaganida, agar Islom Karimov va o‘zbek xalqi bo‘lmaganida, bugun tojik millati va davlati mavjud bo‘lmas edi”, — degan Emomali Rahmon.

    Siyosiy tahlilchi va jurnalist Arkadiy Dubnov Tojikistondagi fuqarolar urushida O‘zbekistonning pozitsiyasi haqida shunday degan edi:

    “Agarda Karimov Tojikiston xalq fronti harakatini qo‘llab-quvvatlamaganida, hozirgi paytdagi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning hokimiyat tepasiga kelishini tasavvur qilib bo‘lmasdi”.

    Karimov Emomali Rahmonni hokimiyatdan olishga uringanmi?

    Baʼzi manbalarda Islom Karimov vaqt o‘tishi bilan Tojikistondagi hokimiyatni o‘zgartirishga uringani haqida maʼlumotlar uchraydi. Xususan, tojik rasmiylari 1998-yilda Tojikistonning Leninobod viloyatida polkovnik Mahmud Xudoybergenov boshchiligidagi qurolli isyon Toshkentdan dastaklanganini iddao qiladi. Lekin 2000-yilda O‘zbekiston prezidentining Dushanbega rasmiy tashrifi chog‘ida, jurnalistlarning bu boradagi savoliga Islom Karimov javob berar ekan, buni qatʼiyan rad etadi.

    “Tomirimda o‘zbek qoni bilan bir qatorda tojik qoni ham oqayotgan bo‘lsa, Tojikistonda to‘qnashuvga qanday yo‘l qo‘yaman?” — degan Karimov.

    Jurnalistlar bilan uchrashuvda Karimov o‘zbeklar va tojiklarni ikki tilda gaplashadigan bir xalq deb atagan. Shu bilan birga, tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida “abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartnoma” imzolangan. Ammo bu kelishuv O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarga aks taʼsir ko‘rsatdi.

    Спустя шесть лет Ислам Каримов вновь посетит Таджикистан » Главные новости  Таджикистана | Лента новостей ИА "Независимое мнение" | Новости  Таджикистана сегодня
    Islom Karimov va Emomali Rahmon
    Foto: “Novosti”

    Sovuqchilikning sabab va oqibatlari

    Markaziy Osiyoda suv taqsimoti tarixan murakkab masala bo‘lgan. Karimov va Rahmon o‘rtasidagi ziddiyat bu murakkablikni yaqqol ko‘rsatib, nafaqat ikki mamlakat, balki butun mintaqaning kelajagi uchun muhim savollarni o‘rtaga tashladi.

    1998-yilda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan alohida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unda Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimidagi davlatlar — O‘zbekiston va Qozog‘iston sug‘orish va elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirgan, Tojikiston va Qirg‘iziston esa bu daromaddan ehtiyoj eng yuqori bo‘lgan qish mavsumida energiya uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalangan. Biroq ushbu kelishuv 2002-yilda Qirg‘izistonning elektr energiya narxining oshirishi natijasida buzildi.

    Shundan so‘ng Tojikiston o‘zining elektr generatsiya salohiyatini oshirish maqsadida bir qancha gidroelektr stansiya (GES)lar barpo etishni boshladi. Xususan, 2004-yilda rasmiy Dushanbe iqtisodiy holati murakkab ekanligiga qaramay, Vaxsh daryosi bo‘yida Rog‘un GES qurilishi ishlarini qayta ishga tushirish niyatida ekanligini bildirdi. Aslida Moskva loyiha uchun mablag‘ ajratishni o‘z zimmasiga olgan edi.

    Rog‘un GESning qurilishi
    Foto: lifenewsuz.com

    Ushbu qaror O‘zbekiston hukumatida bir qancha xavotirlarni keltirib chiqardi. Karimov maʼmuriyati seysmikligi yuqori bo‘lgan tog‘li hududda dunyodagi eng baland to‘g‘on paydo bo‘lishidan xavotir bildirgan va hukumatni loyihani qayta ko‘rib chiqishga chaqirib, Tojikiston uchun kichik va o‘rta GESlar qurish afzal ekanligini bildirgan.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan davlat bo‘lib, daryolarda suv sathining kamayishi qishloq xo‘jaligida muammolarni yuzaga keltirishi mumkin edi.

    O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari sovuqlashishining yana bir omili ikki davlatning hududiy daʼvolari bo‘ldi. Tojikiston hududida bir nechta o‘zbek anklavlari, O‘zbekiston hududida esa bitta tojik anklavi mavjud edi. 2000-yilda O‘zbekiston Tojikiston bilan chegaraning tog‘li qismlarini, go‘yoki jangarilarning o‘z hududiga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun minalashtirdi.

    Как Рахмон после драки с Каримовым кулаками махал, или О вреде слухов

     

    2009-yil oxiridan boshlab O‘zbekiston Tojikistonga yuklarni, jumladan, Rog‘un GES qurilishi uchun mo‘ljallangan qurilish materiallari yuklangan poyezdlarni o‘tkazishni kechiktira boshladi.

    2012-yilda Islom Karimov mintaqada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan “suv” urushi haqida gapirib, shunday degan edi:

    “Hamma narsa shu darajada yomonlashishi mumkinki, bu hatto urushlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun transchegaraviy daryolar haqida gapirganda, biz jahon hamjamiyati qabul qilgan qarorlarga asoslanishimiz kerak. Yaʼni majburiy shartlarda barcha davlatlarning roziligi bo‘lishi kerak. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida qozoqlar va o‘zbeklar ko‘p asrlar davomida yashab keladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, biz ertaga qanday mavqega ega bo‘lishimizdan manfaatdor bo‘lmasdan hal qilinadigan baʼzi rejalar yuzaga kelganda, bugun jim turolmaymiz!”

    Shuningdek, ikki davlat aloqalarining keskinlashuviga O‘zbekiston chegarasiga yaqin yerda joylashgan Tojikiston alyuminiy zavodi ham sabab bo‘ldi. 2013-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatdi.

    Рахмон пригласил Каримова в Таджикистан
    Emomali Rahmon, Vladimir Putin va Islom Karimov
    Foto: Rengum

    Munosabatlarning iliqlashuvi

    Ayrim siyosatshunoslar 2014-yilning sentyabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Islom Karimov va Emomali Rahmon o‘rtasidagi ikki tomonlama uchrashuvdan keyin munosabatlar biroz iliqlashganini taʼkidlaydi.

    Подробности ташкентской встречи. О чем говорили Рахмон и Каримов? » Главные  новости Таджикистана | Лента новостей ИА "Независимое мнение" | Новости  Таджикистана сегодня
    Islom Karimov va Emomali Rahmon Toshkentda
    Foto: “Novosti Tajikistana”

    2016-yil iyul oyida Islom Karimov va Emomali Rahmon yana, bu gal Toshkentda ShHT sammiti doirasida ko‘rishdi. Ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng, Tojikiston rahbari o‘z hamkasbini qulay vaqt bo‘lganda Dushanbega tashrif buyurishga taklif qiladi. Biroq 2016-yilning sentyabr oyida Islom Karimov kutilmaganda vafot etadi. Tojikiston rahbari o‘sha yili ikkinchi bor O‘zbekistonga tashrif buyurib, Karimovning dafn marosimida qatnashadi.

    Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov ham, Tojikiston rahbari ham o‘z mamlakatlarining milliy manfaati nuqtayi nazardan siyosat yuritdi. Biroq Markaziy Osiyo ustida o‘z hukmronligini o‘rnatish harakatida yurgan tashqi aktorlar uchun ushbu ziddiyat o‘ziga xos sharoit hozirladi. Natijada esa mintaqadagi integratsion jarayon falaj holatga kelib qoldi.

    Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon
    Foto: Prezident.uz

    O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosati natijasida ikki mamlakat o‘rtasida yaqinlashuv paydo bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor berdi va bu Tojikiston bilan aloqalarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, chegara nazorati yumshatildi, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi bir necha nazorat-o‘tkazish punktlari qayta ochildi, chegaralar minalardan tozalandi, suv masalasida konstruktiv muzokaralar boshlandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytirildi. Bu o‘zgarishlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochdi va mintaqaviy xavfsizlik hamda hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynadi.

    Sardor Ali 

    20.02.2024, 20:15   Izoh (0)   55463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Islom Karimov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi

    23.06.2016, 17:12

    Emomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

    18.08.2018, 12:17

    Rog‘un GES qurilishini yakunlash yopiq rejimda hal qilinishi mumkin. Ekologlar xavotirda 

    24.01.2024, 17:36

    O‘zbekiston ekologiyani asrash bo‘yicha qo‘shgan hissasi uchun “Chempion” unvoni bilan taqdirlandi 

    20.02.2024, 20:11

    Mirzacho‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

    20.02.2024, 19:52

    Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6 foizga o‘sdi

    20.02.2024, 19:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mohidavronning sodiq xizmatkori — Gulshoh xotun obrazi bilan tanilgan Nihan Buyukaach haqida nimalar ma’lum?

    Kino | 18 iyun, 16:57

    “Toshkent-Sharqiy” aeroportida yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun ikkita terminal qurilmoqda

    O‘zbekiston | 18 iyun, 16:50

    “Andijon” klubining qiymati 31 mlrd so‘mni tashkil etadigan yangi mashg‘ulot bazasi ochildi (foto)

    Sport | 18 iyun, 16:40

    Isroilning Eron zarbalaridan himoya qiluvchi mudofaa raketalari tugamoqda — WSJ

    Dunyo | 18 iyun, 16:35

    Avstraliyada dunyodagi birinchi “tirik” kompyuter yaratildi

    Dunyo | 18 iyun, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.