Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan ayol sud jarayonida qarzlarini to‘lab berdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qilindi.
Maʼlum bo‘lishicha, qo‘qonlik ayol avvaldan tez-tez chet elga chiqib, ishlab kelib yurgani sababli uning turmush o‘rtog‘i bundan norozi bo‘lib, ayoli bilan ajrashishga qaror qiladi. Ularning 3 nafar farzandi ota qaramog‘iga topshirilgach, onaga aliment to‘lash belgilangan.

Ayol esa turli bahonalar bilan bir yil davomida aliment qarzdorliklarini so‘ndirmay, qochib yurgan. Shunga ko‘ra, sud hukmi asosida aliment to‘lovlarini undirish uchun ijro harakatlari boshlangan.
Qarzdor onaga davlat ijrochisi tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy ko‘rib chiqilishi uchun Qo‘qon shahar sudiga taqdim qilingan. Sud jarayonida ayol 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun 85 million so‘m qarzdorlikni to‘lab bergani sababli Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasiga asosan ushbu ish sud tartibida tugatilgan.
Buxoroda ota farzandlariga 128 million so‘m alimentni to‘lamay yurgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)