Xitoyda tezkor trassadagi harakatlanish davomida sayyohlar tushgan avtobus alanga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa Xunan provinsiyasida, Chansha—Chjanszyasze trassasida ro‘y berdi. Buning oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi, 30 nafarga yaqin kishi jabrlandi.
Avtobusda jami 56 kishi —53 nafar turist, ikki haydovchi va gid bo‘lgan. Haydovchilar qo‘lga olindi.
Alangalanish sababi hozircha ma’lum emas. Politsiya tekshiruvni boshladi.
Izoh (0)