Yevroittifoq Golan tepaligini Isroilning bir qismi sifatida tan olmaydi. Bu haqda tuzilma diplomatik xizmati vakili Mayya Kosyanchich ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Yevroittifoqning nuqtai nazari o‘zgarmadi. Yevroittifoq Isroilning 1967-yilda bosib olgan hududlar, jumladan, Golan tepaligi ustidan suverenitetini tan olmaydi va uni Isroilning bir qismi sifatida ko‘rmaydi”, — dedi Mayya Kosyanchich.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Golan tepaligiga nisbatan suverenitetini Vashington tomonidan to‘liq tan olish vaqti kelganini bildirgandi.
Izoh (0)