Amerikalik qo‘shiqchi Jastin Karter bema’ni tasodif bilan o‘z musiqiy videoklipida o‘lgan, deb yozadi “Korrespondent.net”. 35 yoshli ijodkor o‘zi bilan cho‘ntagida to‘pponcha olib yurgan, u o‘qlangan holda bo‘lgan. Kutilmaganda otilib ketgan va o‘q uning boshiga tekkan.
Marhumning onasi so‘zlariga ko‘ra, otilgan o‘q uning ko‘z qirrasiga tegdi. O‘q uzilishi oqibati o‘lim bilan yakunlandi.
“U juda mehribon va ajoyib inson edi”, — deydi Karterning onasi Sindi Makellan.
Hayotligida qo‘shiqchi kantri va rok-n-roll janrida musiqa ijro etgan. U o‘z faoliyatini boshlaganida, tanqidchilar uning uchun ajoyib kelajakni bashorat qilgan. Yaqinda, ijodkor AQSh bo‘ylab gastrol safari rejalashtirgan edi.
Izoh (0)