Yaponiyaning “Xayabusa-2” sayyoralararo stansiyasi Yerdan 280 million kilometr uzoqlikda joylashgan Ryugu asteroidiga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi, deya xabar beradi “Meduza”.
Qo‘nishni amalga oshirgandan so‘ng, kosmik zond tuproq namunalarini to‘plashga kirishgan. Material to‘plash uchun taxminan bir soniya vaqt ketgan.
Mart-aprel oylarida “Xayabusa-2” tuproq yig‘ishga mo‘ljallangan sun’iy krater yaratish uchun asteroidda portlash uyushtiradi. Shundan so‘ng, qurilma to‘plangan materiallar bilan Yerga qaytadi.
Izoh (0)