Buryatiyalik shamanlar Angarsk (Irkutsk viloyati) da beshta tuyani yoqish marosimini o‘tkazdi, qurbonlik videosi YouTube tarmog‘ida paydo bo‘lgan.
“Jan Tengeri yaba” deb nomlangan marosim zamonaviy tarixda ilk bor o‘tkazilgan. Shamanlar uni go‘yoki Rossiya va uning xalqlarini mustahkamlashi uchun bag‘ishlagan.
Oliy shaman o‘rinbosari marosim haqida u davlat, xalq va odamlarga yordam berish maqsadida o‘tkazilganligi haqida aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xudolarga qurbonlik qilib buryatiyalik shamanlar mamlakatni qayta tiklashga olib keladigan sog‘lom madaniy qadriyatlarni tiklaydi.
Marosim gulxanida beshta hayvon nobud bo‘ldi. Marosim tashkilotchilarining ta’kidlashicha, tuya faqat eng yuqori darajadagi shamanlar marosimida istisno tariqasida qurbon qilinadi.
2017-yilda Davlat Dumasi Jinoyat kodeksining 245-moddasi bo‘yicha (“Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish”) bo‘yicha jazoni kuchaytirgan. Hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘ladiganlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi ikki yildan besh yilgacha uzaytirilgan.
Izoh (0)