16-fevral kuni Meksikadagi klublarning birida sodir bo‘lgan otishmada besh kishi halok bo‘ldi, yana besh nafari yaralandi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt nafar qurollangan shaxslar Kankun markazida joylashgan La Kuka klubida o‘t ochgan. Yaralangan kishilarning ikki nafari og‘ir ahvolda.
Statistika ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, Meksikada 2018-yilda qotilliklar soni 33 foiz ortgan. Kankun esa Meksikada va dunyo bo‘yicha eng mashhur sayyohlik shaharlaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)