Suriyada IShIDning sobiq poytaxti bo‘lgan Rakka shahri yaqinida uch yarim mingdan ortiq kishilar ommaviy dafn etilgan qabriston topildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Sud tibbiy ekspertiza xizmati ushbu qabristonni o‘rganmoqda.
Rakka shahri 2014-yildan boshlab IShID poytaxti bo‘lgan. U 2017-yilda amerikalik koalitsiya yordamida Suriya demokratik kuchlari tomonidan ozod etilgan. Hududdagi bunday qabristonlar haqida IShID chekinganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Bir yil o‘tgach esa al-Fuxeyxa qishlog‘idagi birodarlar qabristoni borligi aniqlangan.
Qishloq hududida yakka qabrlar ham, yuzlab odamlar dafn etilgan birodarlar qabristoni ham bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, al-Fuxeyxa yaqinida uch yarim mingdan ortiq kishi ko‘milgan. Bir necha ming jasadlar fuqarolik mudofaasi xodimlari tomonidan qazib olingan bo‘lib, ular qabristonga ko‘mish uchun ko‘chiriladi.
Taxminlarga ko‘ra, ular orasida IShID tomonidan qatl etilgan chet ellik asirlar, shu jumladan amerikalik fotojurnalist Jeyms Fouli ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Uni IShIDchilar 2014-yilning avgust oyida qatl etib, bu jarayonni videoga olib internetga joylagan.
Rakka shahridan tashqari IShID qurbonlari qabrlari Iroqning shimoli-sharqiy qismidagi Sindjar hududidan ham topilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)