Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida tadbirkorlarning faoliyatini qonuniyligini nazorat va monitoring qilish maqsadida hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.
Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basining ma’lum qilishicha, yaqindagina Rossiyadan ishlab qaytgan, qishning izg‘irinli kunlaridan foydalanib, sarmoyasini ko‘mir mahsulotlarini sotishga “tikkan” shahrixonlik H.M.ning faoliyati o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida uning tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagani aniqlangan.
Holat yuzasidan davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilib, umumiy qiymati 16 million so‘mlik 16 tonnadan ziyod ko‘mir mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Izoh (0)