Yevropa ittifoqi delegatsiyasi joriy yil 4—7-fevral kunlari O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiya tashrifi davomida Yevroittifoq va O‘zbekiston o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv loyihasi yuzasidan muzokaralar olib boriladi.
Delegatsiyani Yevroittifoq tashqi ishlar xizmati direktor o‘rinbosari Lyuk Devin boshqaradi.
Yangi kelishuv 1999-yil 1-iyuldan beri amalda bo‘lgan Yevroittifoq va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni almashtirishi bildirilmoqda.
Izoh (0)