Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2019/2020-o‘quv yili uchun qabul kvotalari belgilandi:
“Siyosatshunoslik” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta;
“Amaliy siyosatshunoslik” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta;
“Siyosiy fanlar” tayanch doktorantura yo‘nalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.
Qarorga muvofiq universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tuzildi. Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.
Izoh (0)