AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaidoni “o‘tish davri prezidenti” sifatida rasman tan oldi. Bu haqda AQSh ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “MK.ru”.
Venesuela milliy assambleyasi rahbari bo‘lgan Guaidoning o‘zi ham minglab tarafdorlari oldida prezidentlik vakolatini qabul qilganini aytgan.
Tramp “Venesuelada demokratiyani tiklash” uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish va Guaido bilan ishlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Oldinroq AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduroning nolegetim deb e’lon qilgandi.
Izoh (0)