Afg‘onistonning Vardak viloyatidagi harbiy kompleksga uyushtirilgan hujumning ortida turgan “Tolibon” qo‘mondoni o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat maxsus xizmatlariga tayanib, Reuters xabar berdi.
Xabar berilishicha, terakt tashkilotchisi 22-yanvar kuni kechasi aviahujum vaqtida yo‘q qilingan. Uning to‘liq ismi oshkor qilinmagan. Qo‘mondon bilan birga uning yana yetti nafar sherigi ham yo‘q qilingan.
Agentlikning xabariga ko‘ra, “Tolibon” qo‘mondonning o‘limini tasdiqlamagan.
Vardak viloyatidagi harbiy kompleksga hujum 21-yanvarda uyushtirilgan. Uning oqibatida 126 nafar harbiy halok bo‘lgan.
Izoh (0)