AQSh Kongressi vakillar palatasi prezident Donald Trampga NATOdan chiqish uchun davlat mablag‘laridan foydalanishni man etuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kongress Trampga alyansdan chiqishni taqiqlay olmaydi, biroq buni moliyalashtirishni bloklashi mumkin. Shu bilan birga, qonun loyihasi NATO a’zolarini YaIMning 2 foizini mudofaaga sarflashga chaqiradi.
Qonunga aylanishi uchun hujjat Senatda ovoz berishdan o‘tishi kerak, shundan so‘ng davlat rahbari imzolashi lozim. Tramp mazkur hujjatga veto qo‘yishi mumkin.
Izoh (0)