Jeneva shahridagi AQSh konsulligi oldida yuz bergan portlashga yerosti kommunikatsiyalarida yuz bergan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yuz bergan portlash oqibatida yaqin joylashgan restoranning ayvon qismidagi po‘lat plita ag‘darilib ketgan, hech kim jabrlanmagan.
Jenevaning Services industriels kompaniyasi ma’lum qilishicha, yer ostida elektr tarqatuvchi quti portlab ketgan va oqibatda 140 dan ortiq iste’molchi elektrsiz qolgan.
Izoh (0)