15-yanvar kuni Sankt-Peterburgda teplotrassa yorilib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan chuqurga bir necha mashina tushib ketdi deb xabar bermoqda TASS.
Xabarda aytilishicha, “Sankt-Peterburg issiqlik tarmog‘i” javobgarligi sug‘urtalangani sababli mashina egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi.
Ushbu hodisa natijasida qancha mashinalar zarar ko‘rgani ma’lum qilinmagan.
Mahalliy aholi sodir bo‘lgan voqea suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Suratdan ko‘rinishicha, chuqurga ikki mashina tushgan.
Izoh (0)