Samarqand xalqaro aeroportiga Moskvadan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi U.N. “yashil” yo‘lakni tanlab, bojxona nazoratidan o‘tayotganda, unga tegishli qo‘l yuki ichida jami 47 dona Alprozalam tabletkalari borligi aniqlandi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.
Ekspert-kriminalistika ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Alprozalam tabletkalari O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiradi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)