• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” mamlakatdagi ilk uch qavatli yo‘l o‘tkazgichni 2020-yilgacha qurib bitirishini e’lon qildi. Chakki qildi

    8—9-yanvar kunlari O‘zbekistonning deyarli barcha onlayn-nashrlarida bir xabar aylandi: “Toshkentning Ohangaron yo‘li va Parkent ko‘chasi kesishmasidagi uch qavatli yo‘l o‘tkazgich 2019-yil oxirigacha qurib bitkaziladi”. Ushbu bayonot ko‘prikni quruvchi tashkilot — “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining axborot xizmati tomonidan berildi.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Kompaniya axborotida “qurib bitiriladi, bunga boshimiz bilan javob beramiz”, deyilmagan albatta, aksincha, nisbatan neytralroq: “rejalashtirilgan” degan so‘z ishlatilgan. Rejalar esa har doim ham real hayot sharoitlariga mos kelavermaydi. Bunga “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning juda yaqin o‘tmishdagi ba’zi qurilish loyihalari, ayniqsa, kompaniya qurgan ko‘priklar yaxshi misol.

    Birinchi misol — 2017-yilgi daxldor. O‘shanda Navro‘z bayrami arafasida “Novza” metro stansiyasi oldida, Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari chorrahasida ko‘prik qurilayotgan edi. Qurilishning so‘nggi bosqichida chorraha atrofida transport harakatini to‘xtatish zarurati tug‘ildi. 11-fevral kuni chorraha yopildi, “23-fevralda ochiladi”, degan va’da bilan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Reja o‘zgargani 22-fevralda ma’lum bo‘ldi: “Chorrahaning ochilishi 1-martga qoldirildi”, deyishdi. Oradan bir hafta o‘tib, yangi va’da: “Yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 10-martga ko‘chirildi”. Chorrahaga doir 10-mart kuni berilgan so‘nggi rasmiy axborotda esa sana aytilmadi ham, faqat “Navro‘z bayrami arafasi kunlariga qoldirildi”, deyildi... (oxir-oqibat ko‘prik 25-mart kuni, chorraha esa undan sal avvalroq ochildi).

    Ikkinchi misol — 2018-yilga daxldor. “O‘zbekiston temir yo‘llari” “Novza”dan so‘ng “Mirzo Ulug‘bek” metro stansiyasi oldidagi chorrahada — Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida ham ko‘prik qurdi. Kompaniya ushbu ko‘prik yuzasidan 2018-yil fevralida bergan axborotida shunday degandi: “Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgich 2018-yil may oyida foydalanishga topshiriladi”.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    1-may kuni esa “Xalq so‘zi” “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga asoslanib, ko‘prik iyunda ochilishini e’lon qildi. Iyun o‘tdi, iyul ham o‘tdi — 1-avgust kuni “Podrobno.uz” yana “O‘zbekiston temir yo‘llari” ga tayanib, “ko‘prik yaqin kunlarda ochiladi”, deb e’lon qildi (xuddi “Navro‘z arafasi kunlari” degan gapga o‘xshaydi-a?). Ko‘prik, va nihoyat, 10-avgust kuni ochildi (vaholanki, temiryo‘l kompaniyasi uni mayga va’da qilgandi).

    Endi “O‘zbekiston temir yo‘llari” uch qavatli yo‘l o‘tkazgich 2019-yil oxirigacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan deyapti — shuning o‘ziyoq yana bir muddat surilishidir, chunki 2018-yil iyunida, ushbu loyiha birinchi bor Prezidentga taqdim etilganida u 2019-yil avgustida foydalanishga topshirilishi aytilgan edi. Kim bilsin, balki bunday katta inshootni haqiqatan ham avgustgacha bitkazib bo‘lmas, ehtimol uning qurilishi dekabrgacha ham cho‘zilmas (lekin dekabrgacha ham bitmay qolsa-chi, har holda bu uch qavatli ko‘prik — “chakki qildi” deganimiz shundan). Shunchaki, yuqorida keltirilgan 2017 va 2018-yilgi tajribalardan xulosa chiqargan holda, birdan kattaroq vaqt zaxirasi bilan va’da berishgandir.

    Balki vaqt borasida umuman va’da bermagan ma’quldir? E’tibor bering-a: 2018-yil dekabrida ishga tushishi aytilgan Jizzaxdagi Peugeot-Citroen avtozavodi qurilishi to‘xtab qolgan, 2018-yil dekabrida ishga tushishi aytilgan “Humo Arena” muz saroyining qurilishi hali yana kamida ikki oy davom etadi, 2018-yil dekabrida hech bo‘lmasa birinchi bosqichi ishga tushishi lozim bo‘lgan “Amirsoy” kurortining ochilishi esa naq bir yilga kechiktirildi. “Amirsoy” misoli ayniqsa e’tiborga molik — loyiha mualliflari muddat masalasida hisob-kitobni to‘g‘ri olgandir-u, lekin, masalan, elektr ta’minoti va yo‘l bilan bog‘liq va’dalarning (vaqtida) bajarilmagani oqibatida ulgurmagandir?

    “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

    “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

    “Ana bitadi, mana topshiramiz”, deb muhlatni qayta-qayta suraverib, takror va takror va’da beraverib, subutsiz bo‘lgandan ko‘ra, biror bemalolroq muddatni aytib, obyektni o‘sha muddatdan bir-ikki oy avval foydalanishga topshirgan yaxshiroq. Shoshilib qayerga ham borardik — shoshilinchda chala-chulpa qurguncha, xotirjam va hovliqmay puxta qilib bunyod etgan ma’qul.

    Masalaning boshqa jihati ham bor — “O‘zbekiston temir yo‘llari” avtomobil transporti uchun ko‘priklaridan tashqari Toshkentda yangi aeroport ham quryapti (ha, havo transporti uchun uchish-qo‘nish joyi temiryo‘l kompaniyasi tomonidan qurilyapti), qo‘shimchasiga o‘z yo‘nalishida mega-loyiha amalga oshiryapti — shahar bo‘ylab yer usti halqa metro yo‘lini, Sergelida yer usti metro liniyasini, Yunusobodda esa yerosti metro yo‘lining davomini quryapti. Bu ko‘zga ko‘rinarli eng katta qurilish loyihalarning bir qismi, xolos (2019-yil davomida bularning yoniga yana boshqa katta loyihalar qo‘shilib qolmasa hali). Shuncha qurilishga ishchi kuchi, texnika yetkazish oson emas. Ba’zan bu obyektdagi kuch-quvvatlar unisiga, unisidagi esa bunisiga tashlanadi, oqibatda esa qurilishning borishi reja-jadvaldan ortda qoladi. Katta ehtimol bilan. Lekin bu haqda aytilmaydi. Obyektlarni foydalanishga topshirish muddatlarining ortga surilishini aytish bilan birga ularning sabablarini ham ochiqlash foydadan xoli bo‘lmaydi.

    09.01.2019, 22:45   Izoh (0)   38901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘ztransgaz” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida siqilgan tabiiy gaz chakana narxining o‘zgarishi bo‘yicha ma’lumot berdi

    09.01.2019, 22:32

    Buxoroda yaroqsiz shiferlar xarid qilgan iste’molchiga mahsulot yangisiga almashtirib berildi

    09.01.2019, 22:19

    Qoraqalpoq tilining yangi izohli lug‘ati tayyorlanadi

    09.01.2019, 21:51

    Qoraqalpog‘istonda 20 nafar patronaj hamshirasiga velosipedlar sovg‘a qilindi

    09.01.2019, 21:25

    Kattaqo‘rg‘onda 150 dan ziyod oila ajralish arafasida ekanligi ma’lum qilindi

    09.01.2019, 20:59

    Qamoqdan chiqqan Zeromax sobiq direktori, qurol g‘amlayotgan dunyo aholisi, Toshkentdagi Amiti universiteti va kunning boshqa muhim xabarlari

    09.01.2019, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.